» » BlackBerry yangi klaviaturali smartfon modelini taqdim etdi

BlackBerry yangi klaviaturali smartfon modelini taqdim etdi


BlackBerry kompaniyasi klaviaturali smartfonlarni ishlab chiqarishni qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Yangi model KeyOne deb nomlangan. Bu haqda The Verge nashriga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Telefon 4,5 dyuymli sensorli ekran va 12 megapikselli kameraga ega. Smartfonning pastki qismida klaviatura joylashgan. Ishlab chiqaruvchi har bir tugmani aniq dasturga bog‘lash asosida dasturlarni tezkor ishga tushirish imkoniyatini yaratdi.

Bundan tashqari, Android operatsion tizimida ishlovchi smartfon ko‘p vazifalilik imkoniyatiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkita dasturda ishlay oladi. BlackBerry telefon xotirasidagi ma’lumotlar xavfsizligi oshirilganini va kiberhujumdan himoyaning kuchayganini ta’kidlamoqda. Aprel oyida sotuvga chiqadigan yangi telefonning narxi 549 dollarni tashkil qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 16:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют