» » O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to‘ldi

O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to‘ldi


Bugun, 15-noyabr kuni tadbirkorlar, fermerlar, ishbilarmonlar, xususiy va intellektual mulk egalari manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy maydonga chiqqan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganiga 15 yil to‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zLiDeP 2003-yilda bir guruh tadbirkor va fermerlarning tashabbusi bilan tuzilgan. Partiya 2004, 2009, 2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi eng ko‘p deputatlik o‘rnini egalladi.

2016-yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyadan ko‘rsatilgan nomzod — Shavkat Mirziyoyev katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Ayni paytda O‘zLiDeP a’zolari soni 500 mingdan ko‘proqni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют