» » O‘zbekistonda bir oy mobaynida 67,4 ming it quturishga qarshi emlandi

O‘zbekistonda bir oy mobaynida 67,4 ming it quturishga qarshi emlandi


Fevralda quturishga qarshi kurash oyligi davomida O‘zbekistonda 67,4 ming it quturishga qarshi emlandi. Bu haqda Favqulodda faziyatlar vazirligi matbuot xizmati vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz” .

Mamlakat bo‘yicha jami bo‘lib 1,4 milliondan ziyod profilaktik emlashdan o‘tgan uy iti va mushuk ro‘yxatga olingan. 2011?2016-yillarda nazoratsiz jonivorlar tishlashidan jabrlanganlar soni 49,47 mingdan 59,67 ming kishiga ortdi. Shu sababli quturishga qarshi vositalar uchun ajratilayotgan mablag‘ ham 1,1 milliard so‘mdan 7 milliard so‘mgacha oshirildi.

Jonivorlar tishlashidan 8059 holat qayd etilgan Toshkent viloyati aholisi eng ko‘p aziyat chekkan. Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (6594), Buxoro (5688) viloyatlari va Toshkent tilga olindi. Jabrlanganlar soni Navoiy viloyatida (2708) eng kamni tashkil etadi.

87,2 foiz yoki 51,95 ming holatda it, 8 foizda mushuklar tishlashi qayd etilgan. Bir qism holatlar boshqa uy hayvonlari, kemiruvchilar va yovvoyi hayvonlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tkazilgan chora-tadbirlar davomida uylarda itlarni saqlash qoidalarini buzgan 145 fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilib, ular 7,12 million so‘m jarimaga tortildi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 16:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют