» » Millatlar Ligasi. Belgiya Islandiyani taslim qildi, Xorvatiya 5 ta gol urilgan o‘yinda Ispaniyadan ustun keldi

Millatlar Ligasi. Belgiya Islandiyani taslim qildi, Xorvatiya 5 ta gol urilgan o‘yinda Ispaniyadan ustun keldi


15-noyabr, payshanba kuni futbol bo‘yicha Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Belgiya terma jamoasi o‘z maydonida Islandiyani mehmon qildi. O‘yinda hisob 65-daqiqada Mishi Batshuayi tomonidan ochildi. Uning o‘zi 81-daqiqada gol kiritib, dublga erishdi. Natijada Belgiya navbatdagi uch ochkoni o‘z hisobiga yozildi.

Xorvatiya esa Madriddagi yirik hisobdagi mag‘lubiyat uchun Ispaniyaga “qasos” olishga erishdi. Uchrashuvda hisob 54-daqiqada mezbonlar hujumchisi Andrey Kramarich tomonidan ochildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Dani Sebalyos hisobni tenglashtirdi. 69-daqiqada esa Tim Yedvay Xorvatiyani yana hisobda oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada Serxio Ramos penaltidan gol urib muvozanatni tikladi. O‘yinga yakuniy nuqtani esa so‘nggi daqiqalarda Tim Yedvay qo‘ydi. Shu tariqa Xorvatiya 3:2 hisobida Ispaniyada ustun keldi.

Avstriya terma jamoasi esa o‘z uyida Bosniya va Gersegovinani qabul qilib, 0:0 hisobida durang natijasini qayd etdi.

Millatlar Ligasi

15-noyabr, payshanba

Gollar: 1:0 – 65 Batshuayi, 2:0 – 81 Batshuayi.

Gollar: 1:0 – 54 Kramarich, 1:1 – 56 Sebalyos, 2:1 – 69 Yedvay, 2:2 – 78, penalti Ramos, 3:2 – 90+4 Yedvay

Gollar: 1:0 – 8 Orban, 2:0 – 69 Salai.

Gol: 1:0 – 25, avtogol Granlund.

Gollar: 1:0 – 37 Suyumboyev, 1:1 – 48 Rakel.

Gollar: 0:1 – 9 Chakvetadze, 1:1 – 63 Martines.

Gol: 0:1 – 77 Domashkan.

Gollar: 0:1 – 37 Dragun, 0:2 – 54 Dragun.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 03:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют