» » Germaniya Rossiyani tor-mor qildi, Angliya Runining xayrlashuv uchrashuvida AQShni mag‘lub etdi

Germaniya Rossiyani tor-mor qildi, Angliya Runining xayrlashuv uchrashuvida AQShni mag‘lub etdi


15-noyabr, payshanba kuni dunyoning ko‘plab terma jamoalari FIFA kunlari doirasida o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.

Xususan, Osiyo qit‘asi vakili Eron terma jamoasi Trinidad va Tobago termasiga qarshi bahs olib borib, Ansorifardning 50-daqiqada kiritgan goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.

JCh—2014 chempioni Germaniya 2018-yilgi mundial mezboni Rossiya bilan kurashga kirishib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Leroy Sane, Niklas Zyule hamda Serj Gnabri mualliflik qildi.

Ueyn Runining xayrlashuv uchrashuvida Angliya terma jamoasi AQSh termasiga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Jessi Lingard, Trent Aleksandr-Arnlold hamda Kalum Uilson bittadan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA kunlari doiraisda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Brisben shahrida Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 0:0 hisobida durang qayd etdi.

O‘rtoqlik o‘yinlari

15-noyabr, payshanba

Gol: 1:0 – 50 Ansorifard

Gol: 0:1 – 52 Yankto.

Gollar: 1:0 – 5 Zaxavi, 2:0 – 27 Tavatxa, 3:0 – 37 Dabur, 4:0 – 53 Dabur, 5:0 – 62 Saba, 6:0 – 79 Saba, 7:0 – 88, penalti Saar.

Gollar: 1:0 – 8 Sane, 2:0 – 25 Zyule, 3:0 – 40 Gnabri.

Gollar: 1:0 – 25 Lingard, 2:0 – 27 Aleksander-Arnold, 3:0 – 77 Uilson.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 03:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют