» » O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ilk bor Tojikistonga boradi

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ilk bor Tojikistonga boradi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ikki davlat mustaqillik yillari tarixida ilk bor Tojikistonga keladi. Bu haqda Tojikiston parlamenti qo‘mita raisi Olim Salimzoda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Mazkur safar joriy yil 19 — 22-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga safari chog‘ida prezident Emomali Rahmon, ushbu davlat parlamentining palatalari spikerlari Mahmadsaid Ubaydulloyev va Shukurjon Zuhurov bilan uchrashadi.

Delegatsiya “TALKO kabel” zavodi faoliyati bilan tanishadi va Nurek GESiga boradi. Mehmonlar, shuningdek, Tojikiston Milliy kutubxonasi va Dushanbedagi “Kohi Navro‘z”da ham bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют