» » Markaziy bank raisi: “Yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun loyihasini to‘liq tayyorladik”

Markaziy bank raisi: “Yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun loyihasini to‘liq tayyorladik”


O‘zbekistonda o‘tmishda investorlar daromadlarining repatriatsiyasi bilan bog‘liq muammolar mavjud edi, ammo hozir ular to‘liq hal qilindi. Bu haqda Qozog‘iston moliyachilarining VIII kengashida Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov so‘zga chiqdi, deb xabar beradi Spot “Kursiv”ga tayanib.

O’zbekistonda investorlarning huquqlari masalasi bo‘yicha Qozog‘iston Milliy banki raisi Daniyar Akishev Mamarizo Nurmuratovga savol berdi:

“Agar Qozog‘istonda ishlashni xohlaydigan O‘zbekiston yoki Qirg‘izistonning biron bir banki talablarga javob beradigan bo‘lsa, qonunlar darajasida hech qanday cheklovlar yo‘q. Biz moliyaviy bozorlarimizning ikki tomonlama harakatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo shunga qaramay, aniqroq savollar berishni xohlardim. Hozir vaziyat qanday? Masalan, valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun bilan. U qachon qabul qilinadi? Valyutani repatriatsiya (qaytarib berish) qilish qanchalik qiyin?”.

Markaziy bank rahbari repatriatsiya bilan bog‘liq muammolar bo‘lganligini tan oldi:

“Endi men ishonch bilan aytishim mumkinki, investorlar daromadlarining repatriatsiyasi (qaytarilishi) bilan bog‘liq masalalar butunlay yo‘q qilindi. Valyuta bozorini amalga oshirishni boshlaganimizda, daromadlarni qaytarib berish masalasi bo‘yicha katta miqdordagi talabga javob bermagan edik. Biz bu masalani yirik sarmoyadorlar bilan muhokama qildik”, — dedi Nurmuratov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, valyuta bozoridan qariyb 800 million dollar repatriatsiya bilan bog‘liq xorijiy mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondirishga qaratilgan.

“Yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunga kelsak, hozirda xalqaro moliyaviy institutlarga, xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va boshqalarga kamchiliklarni qayd etishlari uchun yuborilgan qonun loyihasini to‘liq tayyorladik”, — dedi Nurmatov.

U kelgusi yilning birinchi yarmida mamlakatda bank faoliyatiga doir uchta qonun qabul qilinishini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют