» » O‘zbekistonda jinoiy jazolar tizimiga majburiy jamoat ishlari kiritiladi

O‘zbekistonda jinoiy jazolar tizimiga majburiy jamoat ishlari kiritiladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etish joizki, ushbu qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida mavjud bo‘lgan normalarning amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlaydi.

Qonun loyihasida Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslari va “Sudlar to‘g‘risida”gi hamda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini yanada kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bir qatorda, sud, huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligi va aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchi ortishiga xizmat qiladi.

Jinoiy jazolar tizimiga majburiy jamoat ishlarining kiritilishi munosabati bilan qamoq tariqasidagi jinoiy jazo bekor qilinadi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab turish, qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash, dastlabki tergov, shuningdek, fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirilmoqda.

Shuhrat Mamajonov, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi 

Опубликовано: admin (27-02-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют