» » Sukerberg Facebook menejerlariga faqat Android-telefonlardan foydalanishni buyurdi

Sukerberg Facebook menejerlariga faqat Android-telefonlardan foydalanishni buyurdi


Facebook rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq top-menejerlaridan faqat Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlardan foydalanishni talab qildi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, bu qaror 2018-yil martida Apple rahbari Tim Kuk MSNBC telekanaliga bergan intervyusida Facebook’ni tanqid qilganidan so‘ng qabul qilingan.

O‘shanda Tim Kuk Facebook’ni shaxsiy ma’lumotlarning tarqalib ketishiga doir Cambridge Analytica kompaniyasi bilan bog‘liq mojaro uchun tanqid qilgan va Apple foydalanuvchilarning “shaxsiy hayoti bilan savdo qilmoqchi emas”ligini bildirgan edi.

Facebook kompaniyasi vakillari The New York Times’da chiqqan maqolaga munosabat bildirdi. Qayd etishlaricha, xodimlar va rahbarlarning Android’dan foydalanishga o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi, chunki bu “jahondagi eng ommabop operatsion tizim”. Shunga qaramay, Facebook’ning bir qator menejerlari Twitter’ga iPhone orqali xabar yozmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют