» » Foto: Kanye Uest va Mark Sukerberg karaokeda Backstreet Boys qo‘shig‘ini kuylamoqda

Foto: Kanye Uest va Mark Sukerberg karaokeda Backstreet Boys qo‘shig‘ini kuylamoqda


15-noyabr kuni reper Kanye Uest Twitter’ga Backstreet Boys guruhining I Want It That Way qo‘shig‘ini bir necha kishi bilan kuylayotgani aks etgan suratni joyladi, deb yozadi TJournal.

U surat qachon va qayerda olingani, karaokedagi sheriklari kimligiga aniqlik kiritmadi. Ammo o‘ng tomonda turgan yigit kimligini Twitter foydalanuvchilarining o‘zlari topdi va u haqiqatan ham Mark Sukerberg yoki yo‘qligini qiziqib so‘ray boshladi.

Uest muxlislarining savollariga javob bermadi, ammo G‘arb OAVlari u haqiqatan ham Facebook rahbari Mark Sukerberg ekanligini ishonch bilan qayd etdi.

Nashr eslatishicha, 2016-yilda Uest Twitter orqali Sukerbergga yordam so‘rab murojaat qilgandi: u katta qarzi borligini ma’lum qilib, Facebook asoschisidan uning g‘oyalariga 1 milliard dollar investitsiya kiritishni so‘ragan edi. Keyinroq konsertlaridan birida Uest Sukerberg unga qo‘ng‘iroq qilmaganini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют