» » Tojikistondagi mahbuslari isyon ko‘targan koloniya boshlig‘i qamoqqa olindi

Tojikistondagi mahbuslari isyon ko‘targan koloniya boshlig‘i qamoqqa olindi


Xo‘janddagi mahbuslari isyon ko‘targan qattiq tartibli koloniya boshlig‘i Fayzulla Safarov hibsga olindi. U mas’uliyatsizlik, mahbuslarni qiynoqqa solish va tayyorlanayotgan isyonni yashirishda ayblanmoqda, deya xabar beradi “Axbor”.

Isyon taxminan 7-noyabr kuni soat17 larda boshlanadi, biroq mahkumlar qamoqxonaning bir qismi va bir necha xodimni qo‘lga olganiga qaramay, Fayzulla Safarov mazkur holatni yashirishga urinadi. U 2016-yilda ro‘y bergan ikki qochuvdan so‘ng ushbu isyon kechirilmasligi va lavozimidan ajralib qolishidan cho‘chigan.

Faqat oradan 5 soat o‘tib, 22.00 atrofida koloniya ma’muriyati hodisa haqida bildirish beradi. 22.30 da qurollangan maxsus bo‘linma jangchilari koloniyaga kiradi va isyonni bostiradi.

Tergovning asosiy versiyasiga ko‘ra, hodisaga bir guruh mahbuslarning qochishga urinishi sabab bo‘lgan. Biroq mustqil manbalar isyonga mahbuslardan birining 7-noyabr kuni yalang‘och yechintirilib, yomg‘ir ostida turishga majburlanishi sabab bo‘lganini bildirmoqda.

Ushbu holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishda 23 kishi — 2 nafar koloniya xodimi va 21 nafar mahbus o‘ldirilgani ko‘rsatilgan. Nashr manbasi esa mahkumlarning yaqinlariga 47 ta jasad berilgani, 100 dan ortiq mahbus asosan o‘qotar quroldan olingan jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizilganini ma’lum qilgan.

Isyon tashkilotchilari IShID bilan aloqador ekanligi tasdiqlanmadi. Yaqin orada koloniyaning boshqa mas’ul xodimlari ham pora olish va jinoyatlarni yashirishda ayblanib, hibsga olinishi kutilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют