» » Gonkong talabalar kinofestivalida o‘zbek rejissorining filmi mukofotlandi

Gonkong talabalar kinofestivalida o‘zbek rejissorining filmi mukofotlandi


Gonkongda o‘tkazilgan GUFA (Global University Film Awards) talabalar kinofestivalida o‘zbekistonlik rejissor Abror Samug‘jonovning “Qurt” qisqa metrajli filmi “Eng yaxshi tajribaviy film” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

—Talabalar festivalida juda ko‘plab kinoijodkorlar bilan fikr almashdik. “Qurt” filmini diplom ishi sifatida suratga olganman. Festivalga O‘zbekistondan mening filmim bilan birga “Mama” qisqa metrajli filmi ham qatnashdi. Biz u yerga prodyuserim Mirasqar Ma’rupov bilan birga bordik”, — deydi Abror Samug‘jonov.

Talabalar kinofestivalida 99 ta davlatdan 1841 ta film qatnashdi. “Qurt” qisqa metrajli filmining xronometraji 7 daqiqaga teng. Film Orolda tasvirga olingan. Bosh qahramon rolini Orolbo‘yida yashaydigan Olmos ota Tulenmuradov ijro etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют