» » Surxondaryoda Afg‘onistonga noqonuniy yo‘l bilan no‘xat eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor javobgarlikka tortildi

Surxondaryoda Afg‘onistonga noqonuniy yo‘l bilan no‘xat eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor javobgarlikka tortildi


Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Termiz” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga yakka tartibdagi tadbirkor B.A. tomonidan Afg‘onistonga yuk avtomashinasida vazni 24,9 tonna bo‘lgan 996 dona qoplarga joylashtirilgan “Qizil loviya” tovarini eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun elektron bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan, deb xabar berdi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Bojxona ko‘rigi o‘tkazilganda 676 dona qoplarda “Qizil loviya” tovari borligi, qoplarning tagiga bojxona nazoratidan yashirilgan va yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 320 dona qoplarda qiymati 8,8 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 8 tonna “No‘xat” tovari borligi aniqlanib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shu kabi bojxona qoidalari buzulishi holati ham mazkur bojxona postida aniqlanib, bojxona nazoratidan yashirilgan qiymati 9,9 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 9 tonna “No‘xat” tovari borligi aniqlanib, bu holat yuzasidan ham tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют