» » Andijonda kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan salkam 23 mln so‘mlik kiyim-kechaklar to‘xtatib qolindi

Andijonda kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan salkam 23 mln so‘mlik kiyim-kechaklar to‘xtatib qolindi


Andijon viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi, “Do‘stlik” chegara bojxona posti va Xo‘jaobod tumani ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida navbatdagi huquqbuzarlik holati fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan bir qator tashmachi shaxslar “Do‘stlik” chegara bojxona posti oldidagi avtoturargohda o‘zlari bilan ma’lum bir haq evaziga go‘yoki shaxsiy foydalanish uchun deya olib o‘tilgan tovarlarni ularning haqiqiy egalariga qo‘sh qo‘llab topshirayotganligi fosh bo‘ldi.

Ya’ni, tashmachilar olib o‘tib berayotgan tovarlar ortilgan yengil avtomashina yukxonasi va saloni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, unda 4 nafar fuqarolarga tegishli bo‘lgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tabiiyki hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tijorat maqsadida olib kirilgan salkam 23 million so‘mlik ayollar kiyim-kechaklari borligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют