» » Qirg‘izistonda ikki hafta ichida 3 ta gazetani chop etish to‘xtatildi

Qirg‘izistonda ikki hafta ichida 3 ta gazetani chop etish to‘xtatildi


Qirg‘izistonda oxirgi ikki hafta ichida 3 ta gazeta faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda mazkur gazetalar bosilgan “OAVni qo‘llab-quvvatlash markazi” bo‘lim mudiri Baqit Diyqanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyi boshidan beri “Fabula”, “Tamchi” va “Allo, reklama” gazetalari chiqishdan to‘xtadi.

“Gazetalarni chop etish to‘xtatilishining asosiy sababi o‘quvchilar soni kamligi. Ko‘pchilik gazetalar internet-formatga o‘tdi. Garchi keksa avlod vakillari gazeta o‘qishayotgan bo‘lsa-da, boshqalar bunday mutolaadan voz kechgan. Oxirgi ikki-uch yil ichida gazeta adadlari 30-35 foiz qisqarib ketdi”, — deydi Baqit Diyqanov.

“OAVni qo‘llab-quvvatlash markazi”da 130 ga yaqin gazeta nashr etiladi. Eng yirik tirajlar 70-80 ming nusxani tashkil etadi. Shuningdek, adadi mingtaga yetmaydigan gazetalar ham chiqarilmoqda.

“Fabula” gazetasi muharriri Tilek Risqulov avvalroq nashridagi moliyaviy qiyinchiliklar va obunachilar soni qisqarib ketgani haqida ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, tahririyat faoliyatini internet tarmog‘iga ko‘chirishga qaror qilingan.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlari orasida davlatga tegishli OAVlarning aksariyatiga barham berilib, gazeta, jurnal, radio va televideniyelar mustaqil faoliyat yuritadigan yagona mamlakat hisoblanadi. Qirg‘izistonda hech bir nashrga majburiy obuna tatbiq etilmaydi. Kuzatuvchilarning fikricha, majburiy obunaning oradan ko‘tarilishi gazeta, jurnallarni elakdan o‘tkazadi.

“Turon 24”ning qayd etishicha, ayni paytda majburiy obunaga barham berilayotgan O‘zbekistonda ham ko‘plab gazeta-jurnallarning tiraji pasayib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют