» » FIFA talabi: “Bunyodkor” klubi 6 ochkodan mahrum qilinadi

FIFA talabi: “Bunyodkor” klubi 6 ochkodan mahrum qilinadi


Xalqaro futbol uyushmasi — FIFAning O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlash borasidagi talabi qondiriladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

O‘FA sentabr oyida yuborilgan mazkur talab yuzasidan Professional futbol ligasini xabardor qildi. Biroq hozirgi kunga qadar “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlanmadi. Shuningdek, mazkur muammoning asosiy sababchisi bo‘lgan ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasi rasman yopilgani bo‘yicha ma’lumot ham taqdim etmadi.

FIFA nizomiga ko‘ra, uning tasarrufida bo‘lgan futbol assotsiatsiyalari talabni so‘zsiz bajarishi shart. Yo‘qsa, tashkilot birinchi navbatda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga nisbatan o‘z sanksiyalarini qo‘llaydi. Vaziyat jiddiylashsa, O‘FAning xalqaro maydondagi o‘yinlarda ishtirok etish masalasi ham xavf ostida qolishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, endilikda O‘FA Ijroiya Qo‘mitasi Professional futbol ligasini bugun — 16-noyabr kuni qabul qilingan №17 qarori bilan rasman ogohlantirdi hamda “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlashni talab qildi. Bu boradagi maktubga tashkilot rasmiy shaxslari imzo chekdi. PFL FIFA tomonidan qo‘yilgan ushbu talabni so‘zsiz bajarishi, uning matbuot xizmati esa bu haqda jamoatchilikni xabardor etishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Simonenko 2014-yilning yanvar oyida “Bunyodkor” bilan shartnoma imzolagan edi. Klubdagi faoliyati davomida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan va O‘zbekiston Superkubogida g‘alabaga erishgan. Simonenko o‘tkazgan rasmiy uchrashuvlarning yarmi Osiyo Chempionlar ligasiga to‘g‘ri keladi. U “Bunyodkor” tarkibida bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Sergey Simonenko o‘z vaqtida maosh va mukofot pullarini olmagani uchun klub ustidan 2014-yilda FIFAga shikoyat? qilgandi? qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют