» » Hindiston janubi-sharqidagi Gaja sikloni qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Hindiston janubi-sharqidagi Gaja sikloni qurbonlari soni 20 nafarga yetdi


Hindiston janubi-sharqidagi Tamilnand shtatida kuzatilayotgan Gaja sikloni qurbonlari soni 20 kishiga yetdi, deb xabar berdi “TASS”.

Avvalroq 11 kishining halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu shtatga 15-noyabr kuni kechasi siklon yopirildi.

Siklon Bengal ko‘rfazidan harakatlanmoqda. Unga kuchli shamol va yomg‘ir hamrohlik qilmoqda.

Siklon yaqinlashayotgan tumanlardan 76 mingdan ko‘proq kishi evakuatsiya qilingan. Ular uchun oltita okrugda 300 ta vaqtincha yashash markazlari tashkil etilgan.

Siklon elektr tarmoqlari faoliyatiga putur yetkazgan, ko‘plab temir yo‘l marshrutlari reyslari bekor qilingan. Qirg‘oqqa yaqin hududlardagi maktablar yopilgan, aksariyat tashkilotlar ishlamayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют