» » Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat turi yo‘lga qo‘yildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat turi yo‘lga qo‘yildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida “Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini olish” imkoni yaratildi. Bu haqda portal ma’muriyati “Daryo”ga xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2750-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 139-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya me’yorlariga muvofiqligi haqida xulosani olish uchun ariza yuborish imkoni taqdim etildi.

Xulosani 7 ish kuni davomida olish mumkin.

Xulosa kim tomonidan taqdim etiladi?

Tuman yoki shahar veterinariya bo‘limi my.gov.uz orqali murojaat etuvchining iltimosiga binoan tegishli xulosani beradi.

Bu qanday ishlaydi?

1-qadam. Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishish.

2-qadam. Murojaatchi haqida ma’lumot to‘ldiriladi.

3-qadam. So‘yish korxonasining jismoniy manzili haqida ma’lumot to‘ldiriladi.

-         Hudud tanlanadi;

-         Tuman tanlanadi;

-         Amaldagi faoliyat ko‘rsatish manzili ko‘rsatiladi;

-         Ixtisoslashgan so‘yish korxonasining joylashish sxemasi yuklanadi;

-         “Siz binoning egasi hisoblanasizmi?” belgilanadi;

-         Binoga egalik huquqi yoki ijarani tasliqlovchi shuningdek, ixtisoslashgan so‘yish korxonasi xonalarining qurilish, texnik va ishlab chiqarish tavsifi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi yuklanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 17:15)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют