» » O‘zbekistonda onlayn-tranzaksiyalar miqdori keskin oshdi

O‘zbekistonda onlayn-tranzaksiyalar miqdori keskin oshdi


Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning 2-chorak natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan e-commerce tranzaksiyalar soni joriy yilning 2-choragiga nisbatan pasayish ko‘rsatkichlarini ko‘rsatdi, deb xabar berdi Spot.

Jumladan, joriy yilning 3-choragida e-commerce tranzaksiyalar soni 69,8 millionni tashkil etib, 2018-yilning o‘tgan 2-choragidagi 72,4 millionlik holatiga nisbatan 3,6 foizlik pasayishni qayd etdi.

3-chorakda elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 1 610,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018-yilning 2-chorakida qayd etilgan 872,4 milliard so‘mga nisbatan 184,6 foizga o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni bo‘yicha esa, 3-chorakda qayd etilgan 817 179 ta plastik karta soni, joriy yilning 2-choragida qayd etilgan 813 831 ta plastik kartalar soniga nisbatan 0,4%lik o‘sishni namoyon etdi.

Umumiy ko‘rsatkichlarni hisobga olganda, muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni bo‘yicha “Xalq banki” 162 725 talik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda “Agrobank” 123 360 ta hamda “Ipoteka Bank” 80 901 talik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют