» » Marko Asensio Ronaldu ortidan “Yuventus”ga o‘tishi mumkin

Marko Asensio Ronaldu ortidan “Yuventus”ga o‘tishi mumkin


Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio “Yuventus”ga o‘tishni xohlamoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Asensio o‘tgan mavsumda Turin klubi muxlislarining Krishtianu Ronalduning iliq kutib olishganidan qattiq ta’sirlangan. Ispaniyalik bu bilan “Real” rahbariyatiga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tish istagi borligiga shama qilgan.

U, shuningdek, “Yuve” va “Real” sobiq forvardi Alvaro Morata bilan Turin klubi haqida suhbatlashgan. Asensioning o‘zi Massimiliano Allegri qo‘l ostida oldinga qadam tashlashi mumkinligiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Marko joriy mavsum “Real” tarkibida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют