» » Buxoroda saylov qonunchiligi bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi

Buxoroda saylov qonunchiligi bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi


16-noyabr kuni Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tashabbusi bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Saylov qonunchiligini takomillashtirish va demokratik saylovlar: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasi, shuningdek saylov jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdan iborat.

Konferensiya ishida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Venetsian komissiyasi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, BMT Kotibiyati huzuridagi Siyosiy masalalar bo‘yicha departamentning saylovlar o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘limi va boshqa shu kabi xalqaro institutlarning vakillari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Ruminiya saylov organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari, huquq sohasi ilmiy jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.

Konferensiyaning birinchi ish kunida ishtirokchilar saylov qonunchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasida huquqni qo‘llash amaliyoti masalalarini muhokama qildi.

Ertaga – 17 noyabr kuni xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettiradi. Unda saylov jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют