» » O‘zbekistonda nikoh yoshi o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda nikoh yoshi o‘zgaradimi?


Bugun, 16-noyabr kuni xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani “Bolalar va yoshlarning manaviy-axloqiy tarbiyasida oilaning roli“ mavzusiga bag‘ishlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Anjumanda “Oila “ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Jurnalistlar anjuman davomida O‘zbekistonda oila qurish yoshini kattalashtirish taklifini berdi. Hamda so‘nggi vaqtlarda ajrashishlarning ko‘pligining birlamchi sababi moddiy qiyinchiliklar emasmi, degan savolni o‘rtaga tashladi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatovaning aytishicha, O‘zbekistonda aholining 98% oilalarda istiqomat qiladi va O‘zbekistonda 7 milliondan ortiq oilalar mavjud. Oilalarning buzilishining birlamchi sababi esa moddiy qiyinchiliklar emas. Oiladagi tarbiya, ikki yoshning axloqi ko‘proq nikohning mustahkamligiga ta’sir etadi.

Nikoh yoshini kattalashtirish bo‘yicha esa xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tavsiyalarini bergan. Qo‘mita raisi o‘rinbosarining aytishicha, nikoh qurish uchun ruxsat etilgan eng kichik yosh yigit va qizlar uchun birdek, 18 etib belgilanishi taklif etilgan. Biroq, erta turmushning salbiy oqibatlari targ‘ib etilishiga qaramay, ba’zi viloyatlarda qizlar 16 yoshdan turmushga berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют