» » Yangiqo‘rg‘onda 158 yil avval qurilgan binoda “Nuroniylar maskani” ochildi

Yangiqo‘rg‘onda 158 yil avval qurilgan binoda “Nuroniylar maskani” ochildi


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Iskovot qishlog‘ida 158 yillik tarixga ega binoda “Nuroniylar maskani” ochildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

“1860-yilda shu binoda qishloq masjidi ish boshlagan. Sho‘rolar davrida yopilib, omborxona vazifasini bajargan. Keyinchalik muzeyga aylandi, oxirgi paytlarda esa qarovsiz holga kelib qolgandi”, — deydi qishloq faollaridan Nosirxon Hasanov.

“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Mavlonjon Abdullayevning aytishicha, qishloq keksalari maslahatlashib, bu yerni nuroniylar maskaniga aylantirishga qaror qildi. Buning uchun 50 million so‘mdan oshiq pul yig‘ildi, kamiga tuman va viloyat tashkilotlari o‘z hissalarini qo‘shdi. Kimdir so‘ri, kimdir velotrenajyor, yana kimdir kitoblar keltirdi. Ikki-uch oy davom etgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng qishloqdagi 3 mingga yaqin pensioner uchun xizmat qiladigan maskan barpo bo‘ldi.

Mazkur maskanda choyxona, murojaatlarni qabul qilish xonasi, mo‘jaz kutubxona va sport bilan shug‘ullanish xonasi bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют