» » Toshkentda “Sarvqomat dilbarim” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Sarvqomat dilbarim” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Sarvar Karimovning “Sarvqomat dilbarim” filmining premyerasi o‘tkazildi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

“Filmning suratga olinishi o‘zbek-qirg‘iz aloqalari, hamkorlik ishlarining boshlanishi deya aytishimiz mumkin. Filmni suratga olish jarayoni biz uchun u qadar qiyinchilik tug‘dirmadi. Boisi, hamma ijodkorlar o‘z rolini chin yurakdan his qilgan holda ijro etdi. Bularning asosiy sababi esa Chingiz Aytmatovdir. Biz sevgan adib, biz sevgan asar, endi esa biz sevib ijro etgan rol hamda film dunyoga keldi. Buning o‘zi bir katta voqea. Qolganini esa film namoyishidan keyin bilib olamiz”, — dedi bosh rol (Ilyos) ijrochisi Adiz Rajabov.

Premyerada O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar va elchixonalar vakillari, Qirg‘izistondan kelgan kinoijodkorlar ishtirok etdi.

Premyera avvalida Qirg‘iziston madaniyat vazirining tabrigi o‘qib eshittirildi. So‘zga chiqqan qirg‘izistonlik kinoijodkorlar filmning namoyishi qirg‘iz xalqi uchun katta bayram ekanini ta’kidladi.

Film “O‘zbekkino” milliy agentligi, “Respublika kinoprokat markazi” hamda O‘zbekiston-Qirg‘iziston kinoijodkorlarining qo‘shma loyihasi asosida suratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют