» » O‘zbekistonda investorlarga yerlar auksionsiz beriladi

O‘zbekistonda investorlarga yerlar auksionsiz beriladi


2018 yil 19—21-noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiya forumini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, forumni o‘tkazish doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun, istisno tariqasida, yer uchastkalari ajratilishining alohida tartibi belgilandi.

Bunda:

Turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun investorga aniq investitsiya majburiyatlari ostida yer uchastkalarini elektron auksion o‘tkazmasdan ajratish;

Barcha zarur shartlar, shu jumladan, ajratilayotgan yer uchastkasi va investor tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan investitsiya majburiyatlari bo‘yicha mahalliy davlat organi rahbari va investor o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda loyihani amalga oshirish to‘g‘risida investitsiya bitimining imzolanishi;

Investor tomonidan O‘zbekistonning tijorat banklariga 15 ish kuni mobaynida investitsiya bitimi summasining 25 foizi miqdoridagi mablag‘ni deponentga o‘tkazish yoki 5 foizi miqdoridagi majburiyatni bajarish kafolatini berish sharti bilan investitsiya bitimi tuzilishi nazarda tutilgan.

Investor tomonidan pul mablag‘lari depozitga o‘tkazilgan yoki moliyaviy majburiyatlarni bajarish bo‘yicha kafolat berilgan kundan e’tiboran besh kun muddatda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun hokimliklar yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют