» » Navoiy viloyatida 47 nafar mahkum Jazoni ijro etish mahkamasidan ozod etildi

Navoiy viloyatida 47 nafar mahkum Jazoni ijro etish mahkamasidan ozod etildi


Oliy Sud, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligining mas’ul rahbarlaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatida sayyor qabul va sud jarayonlari o‘tkazdi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi Online”.

Ularning natijasida 47 nafar mahkum Jazoni ijro etish mahkamasidan ozod etilib, 4 oila saqlab qolindi, da’vogarlar foydasiga 4495,3 milliard so‘m mablag‘ undirish qarori chiqarildi.

Mazkur ishchi guruh joriy yilning 14—15-noyabr kunlari viloyat hududidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lib, mahbuslarga yaratilgan sharoit va ular uchun qonun bilan belgilangan huquq va me’yorlarning ta’minlanishini o‘rgandilar. Shuningdek, jazo muddatini o‘tash davrida qilmishidan chindan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga kirgan 47 nafar mahbusni ozod etish, 20 nafar ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni qanoatlantirdi.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudlarida jami 27 nafar shaxsga nisbatan 17 ta jinoyat ishi ko‘rilib, shundan 20 nafar fuqaroga nisbatan 10 ta jinoyat ishi tugatildi. Yetti nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari taraflarning yarashuvi asosida harakatdan to‘xtatildi. 5 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi. Bundan tashqari, sudlar tomonidan jazoni o‘tashda muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bilan bog‘liq 91 ta materiallar ko‘rib chiqilib, tamomlandi“, - deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov.

Ishchi guruhi ikki kun mobaynida viloyat va tumanlardagi xalq qabulxonalarida jami 78 nafar fuqaroni qabul qilib, ulardan 15 nafarining murojaatlari nazoratga olindi. 63 nafariga esa tegishli sud idoralariga murojaat etish huquqi va tartiblari tushuntirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudlarida esa mazkur kunlarda ishchi guruh tomonidan jami 96 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi. Nikohni bekor qilish bo‘yicha ko‘rilgan ishlarda ishchi guruh sa’y-harakati bilan to‘rt oilani yarashtirishga erishildi.

Navoiy viloyat ma’muriy sudlarida jami 163 shaxsga nisbatan 126 ta ma’muriy ishlar sayyor sud majlislarida ko‘rilib, 56 shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik ogohlantirish choralariga almashtirildi. Navoiy viloyat iqtisodiy sudlarida esa ikki kun davomida 62 ta iqtisodiy ish sayyor sud majlislarida ko‘rilib, da’vogarlar foydasiga 4 trillion 495 milliard so‘m mablag‘ undirish qarori chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют