» » Qoraqalpog‘istonda 128 nafar ayolning uy olishi uchun 5,2 mlrd so‘m boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berildi

Qoraqalpog‘istonda 128 nafar ayolning uy olishi uchun 5,2 mlrd so‘m boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shulardan asosiysi Taxiatosh shahrida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 11 nafar ayolga uylarning kalitlari topshirilishi bo‘ldi.

Aytish joizki, 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 303 nafar ayol uyli bo‘ldi. Shundan Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan nogironligi bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 128 nafar ayolga 5 milliard 22 million so‘m miqdorida uy olish uchun dastlabki badal pullari to‘lab berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli hududlarida 87 ta sex tashkil qilindi, 446 nafar ayol ish bilan ta’minlandi.

Kuni kecha ana shunday sexlardan 2 tasi Amudaryo va Beruniy tumanlarida ish boshladi.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar bandligini ta’minlash va ular orasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z ishini davom ettiradi.

Aytish joizki, yil boshidan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasida 20 mingga yaqin ishsiz ayol aniqlangan edi. Ulardan 18 ming 184 nafar ayollar ish bilan ta’minlandi.

Qoraqalpog‘istonning bir qator tumanlarida Qo‘mita tomonidan ayollar uchun ma’naviy-madaniy tadbir tashkil qilinib, uning doirasida kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan ayollarga maishiy texnika vositalari - muzlatgich, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, duxovkalar, tikuv mashinalari topshirildi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligi ulushini oshirish, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,2 milliard so‘m ajratildi.

Kredit mablag‘lari yillik 7 foiz shart bilan ayollar tadbirkorligini boshlash yoki rivojlantirish maqsadida taqdim etildi.

2019-yilda ajratiladigan kredit mablag‘lar hajmini 2 barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют