» » Toshkentda madhiyani mazax qilgan va o‘qituvchini do‘pposlagan 14 o‘quvchiga nisbatan maxsus komissiya chora ko‘rdi

Toshkentda madhiyani mazax qilgan va o‘qituvchini do‘pposlagan 14 o‘quvchiga nisbatan maxsus komissiya chora ko‘rdi


16-noyabr kuni voyaga yetmaganlar komissiyasi tomonidan Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan 236-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari o‘qituvchisini kaltaklashi ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Hodisa 27-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Maktabdagi tarix o‘qituvchisi O‘zbekiston davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda o‘quvchilar hurmatsizlik qilib, madhiyani mazax qilishganida, o‘qituvchi ularga tanbeh berib, ularni tartibga chaqirgan. Shundan keyin 14 nafar o‘quvchi bir bo‘lib, o‘qituvchini do‘pposlay boshlagan, o‘qituvchi jiddiy tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Komissiya a’zolari 14 o‘quvchining barchasini voyaga yetmagan bolalar uchun maxsus koloniyaga jo‘natish taklifini bildirishgan. Lekin qonunchilikka ko‘ra, voyaga yetmagan bolalarni dastlab maxsus hisobga olmasdan turib, koloniyaga jo‘natib bo‘lmaydi.

“Qonunchilikka ko‘ra, bir huquqbuzarlik uchun bir chora ko‘riladi. Bu vaziyat uchun 3 ta jazo turi bor bo‘lib, shundan bittasini tanlash mumkin edi: ota-onasiga jarima qo‘llash, maxsus hisobga olish va maxsus koloniyaga jo‘natish. Maxsus koloniyaga jo‘natish uchun bolalar avval maxsus hisobga olingan bo‘lishi kerak edi.

Biz jarima jazosini juda yengil jazo deb topdik. Shuning uchun, ularga nisbatan maxsus hisob olish jazosi berildi. Ular bundan keyin ichki ishlar xodimlari nazorati ostida bo‘lishadi”, — dedi komissiya a’zolaridan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют