» » Salamat Qutiboyev uchun “Lokomotiv” O‘zbekistondagi eng yaxshi stadion. Senegallik Makete Diop uchun eng yomoni

Salamat Qutiboyev uchun “Lokomotiv” O‘zbekistondagi eng yaxshi stadion. Senegallik Makete Diop uchun eng yomoni


Osiyo Chempionlar ligasidan joy olgan “Lokomotiv” — “Al-Ahli” (BAA) o‘yinidan keyin “Sport” telekanali muxbiri mehmonlarning senegallik a’zosi Makete Diopdan intervyu oldi.

Suhbati davomida Diop “Lokomotiv” stadionining maysasiga bir necha bor to‘xtalib o‘tib, uning juda yomon ahvolda ekanini bot-bot ta’kidladi. “Al-Ahli” futbolchilarining o‘yinini chiqmaganiga asosiy sabab sifatida aynan chimning ahvolini aytib o‘tdi.

Mavzuga oid: “Lokomotiv” Chempionlar ligasi—2017 da ilk 3 ochkosiga ega chiqib, Amirlik klubini taslim qildi

“Sport” telekanali muxbiri Diopdan keyin raqib darvozasiga birinchi golni urgan Salamat Qutiboyevni suhbatga tortdi va undan stadionning ahvol haqida so‘radi. Qutiboyev esa “Lokomotiv” O‘zbekistondagi eng yaxshi stadion ekaniga oydinlik kiritdi.

Qayd etish kerak, Qutiboyev “Lokomotiv”ga qadar 2016-yilgi mavsumni “Buxoro” klubi safida o‘tkazgandi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют