» » Saratovda poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Saratovda poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Rossiyaning Saratov viloyati Ozinskiy tumanidagi temiryo‘l kesishmaida yuz bergan poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

17-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 12:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00 da) Saratov viloyati Ozinskiy tumanidagi tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasida “Saratov — Ulyanovsk” yo‘lanishi bo‘ylab qatnovchi Mercedes rusumli avtobus yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan (“Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, aybdor — avtobus, u poyezd yaqinlashayotgani haqida signal berilganiga qaramay, kesishmadan o‘tishga uringan).

To‘qnashuv yuz bergan vaqtda avtobusda yetti kishi bo‘lgan. Qozog‘istonning Astraxandagi konsuli Qanat Shekkaliyevning ma’lum qilishicha, ikki qozog‘istonlik — haydovchi va uning yordamchisi faqat tan jarohati olgan, avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan besh o‘zbekistonlikning bari halok bo‘lgan.

Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi hozircha noma’lum. Saratovdagi voqea yuzasidan hozircha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham biror axborot berganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 6-oktabrida Rossiyaning Vladimir viloyatida mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobusni poyezd urib yuborishi oqibatida 16 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 36 nafari tan jarohati olgan edi. Bundan tashqari, 2017-yil 22-iyun kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobusning ag‘darilishi oqibatida 9 vatandosh qurbon bo‘lgan, 2018-yilning 18-yanvar kuni esa Aqto‘be viloyatida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobusning yonib ketishi oqibatida 52 vatandosh halok bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют