» » Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilari kombinatga tegishli 256 mln so‘mlik kabellarni o‘g‘irlab ketdi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilari kombinatga tegishli 256 mln so‘mlik kabellarni o‘g‘irlab ketdi


Navoiy viloyati Tomdi tumanida joylashgan “Bessapan” sanoat ishlab chiqarish maydonida joylashgan Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli markaziy kon boshqarmasining “Muruntog‘” shaxtasi tashkiloti hududidagi binoga 28-oktabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs kirish darvozasini buzib kirgan.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, noma’lum shaxs binodan “TP” bloki va umumiy qiymati 256,8 million so‘mlik, tarkibida mis bo‘lgan kuchlanish kabellarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni yuqoridagi kombinatning 6 nafar ishchilari sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, — deyiladi IIV axborotida. Qayd etishlaricha, tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют