» » AQSh boshliq koalitsiya aviazarbalari oqibatida Suriyada 40 kishi halok bo‘ldi

AQSh boshliq koalitsiya aviazarbalari oqibatida Suriyada 40 kishi halok bo‘ldi


AQSh boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor mintaqasida joylashgan al-Buka’n qishlog‘iga aviazarbalar berdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, havo hujumi oqibatida 40 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.

Suriya davlat axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil etadi. O‘z navbatida, koalitsiya kuchlari ushbu aviahujumlar oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lganini rad etmoqda.

Suriya hukumati BMTni ushbu holat yuzasidan chora ko‘rishga va mamlakat hududida koalitsiya kuchlarining noqonuniy tarzda bo‘lib turishiga chek qo‘yishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют