» » Dubai Cup: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA termasini mag‘lub etdi

Dubai Cup: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA termasini mag‘lub etdi


17-noyabr, shanba kuni Birlashgan Arab Amirliklarida Dubai Cup musobaqasi doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mezbon BAA olimpiyachilariga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston termasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Sanjar Qodirqulov hamda Islom Qobilov mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dastlabki o‘yinida O‘zbekiston olimpiyachilari Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Dubai Cup’ning so‘nggi o‘yinida o‘zbekistonlik futbolchilar 20-noyabr kuni Kuvayt termasiga qarshi bahs olib boradi.

Dubai Cup

17-noyabr, shanba

Gollar: 0:1 — 75 Qodirqulov, 0:2 — 80, penalti Qobilov.

BAA: Muhammad Ali Shokir, Abdulla Jassim Ali, Ali Solih Ali Amro, Abdullo Baxi, Issa Muhammad, Xalfar Hasan, Abdulrahmon Al Amriy, Xolid Muhammad, Majid Rashid, Ahmad Amr, Xolid Abdulla Muborak.

O‘zbekiston: Umidjon Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobilov, Husniddin G‘ofurov, Azizbek Omonov, Davron Umirov, Islom Kenjaboyev, Islom Rashidxonov, Mirjahon Mirahmadov, Sherzod Nasrullayev, Sharof Muhiddinov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют