» » Maktab o‘quvchilari uchun Qurolli Kuchlar akademiyasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi (foto)

Maktab o‘quvchilari uchun Qurolli Kuchlar akademiyasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi (foto)


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Toshkent shahrida joylashgan 107-maktabning o‘quvchilari uchun “Armiya va yoshlar” shiori ostida uchrashuv va ekskursiya uyushtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matubot xizmati xabar berdi.

Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi va 107-sonli maktab rahbariyati boshchiligida o‘quvchi-yoshlar akademiya faoliyati, mashg‘ulot xonalarida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik ta’lim tizimi, modellashtirish va simulyatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kursantlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasi tarixi muzeyiga sayohat qildi. Joriy yilda o‘zining 100 yoshini nishonlagan Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 1918-yil 12-iyulda tashkil topgan. 1941—1945-yillarda fashizmga qarshi olib borilgan urush davrida bilim yurtida 25 ta bitiruv o‘tkazilib, 8 mingdan ortiq ofitserlar tayyorlangan.

Ushbu qo‘mondonlik bilim yurti bitiruvchilari orasida 150 nafardan ortig‘i general unvoniga erishgan. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi tegishli qaroriga muvofiq Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti negizida yangi Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi.

Taassurotlarga boy o‘tgan ekskursiya yakunida o‘quvchi-yoshlar akademiyaning katta majlislar zalidagi “Milliy armiya – barqaror taraqqiyot kafolati” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati qatnashdi. Akademiyaning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Lochin Narziqulov o‘quvchilarga milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar, innovatsion yondashuvlar xususida so‘zlab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati aks ettirilgan hujjatli film namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют