» » Turkiyada IShIDning olti a’zosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada IShIDning olti a’zosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Istanbul shahar sudi IShID terrorchilik guruhining olti nafar a’zosini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Jangarilar Otaturk nomli Istanbul xalqaro aeroprtida 2016-yilda terakt sodir etganlikda aybdor deb topildi. Qayd etilishicha, Rizo Jo‘shqin, Levent Uysel, Ahmet Dizlek va Jamol Slimani sodir etgan terakt 45 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

2016-yilning 28-iyun kuni Otaturk aeroportiga kirish va chiqish hamda avtoturargohda uchta portlash ro‘y bergan edi. Terakt  oqibatida 45 kishi (ulardan 19 nafari xorijiy fuqarolar) halok bo‘lgan, 239 kishi jarohatlangan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют