» » Namanganda Hyundai avtomobil zavodiga tamal toshi qo‘yildi (foto)

Namanganda Hyundai avtomobil zavodiga tamal toshi qo‘yildi (foto)


Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Hyundai avtomobil zavodiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Dastlab viloyat hokimligida Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion shartnoma imzolandi. Marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov, Hyundai Motors ijrochi vitse-prezidenti Li In Cheol, Posco-Daewoo corporation kompaniyasi vitse-prezidenti Li Sang Xun va Evergreen Motors kompaniyasi prezidenti Kim Chang Keon ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi yarmida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Yettikon” mahallasida Hyundai zavodining tamal toshini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan birgalikda Malayziya, Indoneziya, Xitoy va Tailand davlatlaridan kelgan ishbilarmon doiralar vakillari ham qatnashdi.

Janubiy Koreyaning Hyundai Motor, Evergreen Motors va Posco-Daewoo corporation kompaniyalari hamkorligida qurilishi rejalashtirilgan zavod 2019-yilning sentabrida ilk mahsulotlarini chiqarishni boshlaydi.

Zavodda boshlanishiga yiliga 1000 ta avtomobil ishlab chiqariladi. Uch yil ichida bu ko‘rsatkich 3 barobar ko‘payadi, ya’ni yiliga 1000 ta avtobus va 2000 ta yuk mashinasi ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 50 foiz ehtiyot qism shu yerning o‘zida tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Mazkur loyiha doirasida dastlabki bosqichda 100 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritiladi. Kelgusida korxonada ishlab chiqarilgan yuk mashinalari va avtobuslar xorijga, jumladan, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 2—3-may kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida hududda yirik ishlab chiqarish sanoati yo‘qligi, yaqin kelajakda bu yerda ham avtomobil zavodi qurish loyihasi amalga oshirilishini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют