» » Paradzyudo. O‘zbekistonlik sportchilar Portugaliyadagi Jahon chempionatida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Paradzyudo. O‘zbekistonlik sportchilar Portugaliyadagi Jahon chempionatida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi


Portugaliyaning Odivelash shahrida o‘tayotgan paradzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta medalga ega chiqdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sherzod Namozov, -66 kg vaznli O‘tkirjon Nigmatov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. -73 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Feruz Saidov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Feruz musobaqa davomida Xitoy, Litva, Rossiya va Janubiy Koreya vakillaridan ustun keldi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda -57 kg vazn toifasida qatnashgan o‘zbekistonlik Parvina Samandarova ham bronza medaliga ega chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют