» » OAV: MRB saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga valiahd shahzoda aloqador ekanligi haqidagi xulosaga keldi

OAV: MRB saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga valiahd shahzoda aloqador ekanligi haqidagi xulosaga keldi


AQSh maxsus xizmatlari saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchini Istanbuldagi bosh konsullik binosida o‘ldirishga kim ko‘rsatma berganini aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

The Washington Post nashriga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon mazkur qotillikning bevosita buyurtmachisi hisoblanadi.

Markaziy razvedka boshqarmasi turli manbalarni o‘rganib, jurnalistning o‘ldirilishi uning xabardorligi va ishtirokisiz bo‘lmaganligi haqidagi xulosaga keldi. Jumladan, tashkilot Saudiyaning AQShdagi elchisi, valiahd shahzoda Xolid bin Salmon Qoshiqchiga qo‘ng‘iroq qilganini oydinlashtirdi.

Oldinroq turk maxsus xizmatlari ham shunday xulosaga kelgandi. Ular qotillik yuz bergan konsullikda bo‘lgan razvedka polkovnigi Mohir Abdulaziz Mutrib hodisa haqida valiahd shahzodaga xabar qilganini bildirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют