» » Olmazorlik ayol va uning qizi Uchtepadagi xonadondan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlashda gumon qilinib ushlandi

Olmazorlik ayol va uning qizi Uchtepadagi xonadondan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlashda gumon qilinib ushlandi


Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi ayol uyida 22—23-oktabr kunlari noma’lum shaxs tomonidan zargarlik buyumlari va taqinchoqlari o‘g‘irlangani yuzasidan 15-noyabr kuni IIBga murojaat qilgan.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan xabar berishlaricha, ushbu jinoyatni uchtepalik ayolning uyida yollanib ishlovchi olmazorlik ayol va uning qizi sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan.

“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют