» » Samarqand viloyati hokimi tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimi tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi


Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov viloyat tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi.

Uchrashuvda tuman va shaharlardagi tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarga tanqidiy baho berildi. Jumladan, Payariq tuman tibbiyot birlashmasining Chelak shifoxonasida isitish tizimining ishlamasligi, Samarqand shahar markaziy shifoxonasi va oilaviy poliklinikalarda oddiy muolajalarni bajarish uchun ham yetarli imkoniyat yo‘qligi qayd etildi.

“Endi bu soha xodimlari ham eskicha ish uslublaridan voz kechib, zamon talablariga mos faoliyat ko‘rsatishi lozim. Asosiy maqsad – xalqimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularning tizimdan roziligiga erishish bo‘lishi kerak”, — deb aytgan hokim v.b. Erkinjon Turdimov.

Tadbirda mutasaddi tashkilotlar, jamoatchilik vakillari jalb etilgan holda viloyatdagi barcha tuman, shahar tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilishi, bu ish kelgusi haftada Paxtachi tumanidan boshlanishi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют