» » Imom Buxoriy markazi Qirg‘iz-Turk Manas universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘ymoqda

Imom Buxoriy markazi Qirg‘iz-Turk Manas universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘ymoqda


Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Samarqand davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Imom Buxoriy ma’naviy merosi va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga Qirg‘iz-Turk Manas universiteti rektori professor Sabahiddin Balji tashrif buyurdi, deya xabar berdi “Muslim.uz”.

Sabahiddin Balji kunning ikkinchi yarmida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabiga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

Martabali mehmon Imom Buxoriy majmuasida bo‘lib, buyuk muhaddisning qabrini ziyorat qilib qur’on tilovat qildi.

Sabahiddin Balji tashrifi davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mehmon markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va markaz qo‘lyozmalar xazinasi bilan tanishdi.

Men O‘zbekistonga kelishni bir necha yillardan beri orzu qilar edim. Men aslida matematik olimman. Men o‘z ilmiy ishim davomida Mahmud al-Xorazmiy hayoti va ilmiy merosini ko‘p o‘rgandim va uning bu dunyo ahli uchun qanchalik katta ish qilganligini juda yaxshi bilaman. Men bu o‘zbek diyoridan yana ko‘plab olimlar hayoti va tarixini o‘qigan paytlarimda shu yurtni bir borib ko‘rish nasib qilarmikan degan tasavvurda edim. Allohga shukrki mana bu Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining sa’y-harakatlari tufayli men bugun azaliy orzumga erishdim. Siz juda ham buyuk ajdodlarning merosxo‘rlarisiz. Ishonamanki bobolaringiznining ilmiy meroslaridan foydalanib bu dunyoga, ilm ahliga katta ilmiy yutuqlarni olib chiqasiz.

Sabahiddin Balji, Qirg‘iz-Turk Manas universiteti rektori

Shuningdek, Balji janoblari yaqin kelajakda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan barcha sohalarda doimiy aloqa o‘rnatilishiga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga markaz ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlab nashr etilgan kitoblar sovg‘a qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют