» » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi hafta qariyb 50 so‘mga oshdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi hafta qariyb 50 so‘mga oshdi


O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 28-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3404 so‘m 35 tiyin etib belgilandi. Bu 21-fevraldagi kursga nisbatan 47 so‘m 48 tiyinga ko‘p.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga oshdi

2017-yil 28-fevraldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3606 so‘m 16 tiyin (21-fevraldagi kursga nisbatan 34 so‘m 64 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 59 so‘m 23 tiyin (21-fevraldagi kursga nisbatan 99 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют