» » Rossiyalik qo‘shiqchi Yevgeniy Osin 54 yoshida vafot etdi. Bunga ichkilikbozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda

Rossiyalik qo‘shiqchi Yevgeniy Osin 54 yoshida vafot etdi. Bunga ichkilikbozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda


Rossiyalik qo‘shiqchi Yevgeniy Osin 54 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”. Xonanda o‘z uyida hayotdan ko‘z yumgan, o‘limining rasmiy sababi oshkor etilmayapti.

Osinga o‘tgan yili alkogolizmning so‘nggi bosqichi tashxisi qo‘yilgan, uni davolanish uchun Tailanddagi klinikaga yuborishgan edi. 2018-yilgi intervyuda artist spirtli ichimlikni motospirt bilan almashtirganini, ammo bir hafta ichida ikki marta avtohalokatga uchraganini aytgan edi.

“Ren TV” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shiqchi alkogol iste’molidan yuzaga kelgan yurak to‘xtab qolishidan vafot etgan bo‘lishi mumkin. Jasadni Yevgeniyning singlisi Albina ko‘rib qolgan.

Bundan tashqari, mart oyida xonandaning hamkasblari uning salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida ma’lum qilgandi. “Uning avariya chog‘ida shikastlab olgan qo‘li yiringlab yotibdi. Buyraklari ishlamayapti. Oyoqlari ishlamayapti. Oyog‘i bilan oldin ham muammolar bo‘lgan. Shifokorlar unga hech qachon ichmaslikni tayinlagan edi”, — dedi “Laskoviy may” guruhi prodyuseri Andrey Razin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют