» » Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti tashkil etilgan sana nishonlandi

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti tashkil etilgan sana nishonlandi


Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida ushbu harbiy ta’lim muassasasi tashkil topgan sana nishonlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Mudofaa vazirligi rahbariyati, jamoat tashkilotlari hamda ushbu bilim yurti bilan muntazam hamkorlikda ishlaydigan muassasalar vakillari, ota-onalar, kursantlar hamda sobiq bitiruvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida mudofaa vazirining bilim yurti shaxsiy tarkibini taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i o‘qib eshittirildi. Unga asosan bir guruh bilim yurti shaxsiy tarkibi munosib rag‘batlantirildi.

So‘zga chiqqanlar Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining mamlakat oliy harbiy ta’lim muassasalari orasida tutgan o‘rni, erishilgan muvaffaqiyatlarni e’tirof etib, qutlug‘ sana bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

Bugungi kunda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Tank qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi”, “Havo-desant qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi”, “Terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi”, “Maxsus operatsiya kuchlari bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi”, “Zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi”, “Tank qo‘shinlari taktik muhandisligi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ofitser kadrlar tayyorlanadi. Olib borilgan izchil sa’y-harakatlar samarasi natijasida ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasi 2012—2013-o‘quv yili yakuni bo‘yicha “Eng ilg‘or oliy harbiy ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovining g‘olibi deb topilgan.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining o‘nlab ofitserlari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda professor-o‘qituvchilari Prezident farmoniga binoan yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Tantanali tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga bayram kayfiyatini ulashgan bo‘lsa, bilim yurti kursantlarining ko‘rgazmali chiqishlari mehmonlar olqishiga sazovor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют