» » Tailandda vertolyotdan qulab tushgan Himolay ayig‘i halok bo‘ldi

Tailandda vertolyotdan qulab tushgan Himolay ayig‘i halok bo‘ldi


Tabiat himoyachilari Tailandda Himolay ayig‘ining vertolyotdan qulab, halok bo‘lishi aybdorlarini jazolashni talab qilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Hodisa fevral oyi boshlarida sodir bo‘lgan, biroq bu haqda endi ma’lum qilindi.

Nation nashriga ko‘ra, 90 kiloli yosh ayiq mamlakat markaziy qismidagi Kxaoyay milliy parkidan sharqiy Prachinburi provinsiyasiga yetkazilishi kerak bo‘lgan. Biroq uyqu dorisi yordamida uxlatib qo‘yilgan jonivor havoda to‘satdan o‘ziga kelgan. 

Ayiq uchun yagona to‘siq qafas emas, oddiy to‘r bo‘lgani sababli jonivor vahimaga tushgani va vertolyotdan qulagan bo‘lishi mumkinligi bildirilmoqda. Kichik jarohat tufayli o‘tgan yil noyabridan beri milliy bog‘ xodimlari qarovida bo‘lgan ayiq Prachinburida tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilishi mo‘ljallangandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют