» » Habib Nurmagomedov Konor Makregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishi mumkin

Habib Nurmagomedov Konor Makregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishi mumkin


UFC’ning yeng vazndagi rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyor, deb yozadi Tengrinews.

Bu haqda sportchining otasi va murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov ma’lum qilgan.

“Konor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang biz uchun qiziq. Habib aralash janglarda o‘zining eng yaxshi jangchilar ustidan g‘alaba qozonishga qodir ekanligini ko‘rsata oldi. U bu haqida avvalroq aytgan ham edi, ammo ko‘pchilik ishonmagandi. Uning Maykl Jonson, Edson Barbosa hamda Konor ustidan erishgan g‘alabaridan so‘ng, Habibga ishonishni boshlashdi”,—deydi Abdulmannop Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habibning sobiq jahon chempioni  yengilmas Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют