» » Taekvondo. O‘zbekistonlik Svetlana Osipova Parijdagi French Open musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi?

Taekvondo. O‘zbekistonlik Svetlana Osipova Parijdagi French Open musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi?


Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova Fransiya poytaxti Parijdagi French Open musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi?.?

+73 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Svetlana Osipova musobaqa davomida AQSh va Fransiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Final ostonasida kechgan jangda u boshqa bir fransiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan kifoyalandi.

Eslatib o‘tamiz, -53 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Charos Qayumovaning avvalroq oltin medalga ega chiqqani haqida xabar berilgandi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqani 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa Tokio—2020 Olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют