» » DSQ: “Malika” majmuasida 205 ta do‘kondan 13 tasida tadbirkorlik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar savdo bilan shug‘ullangan

DSQ: “Malika” majmuasida 205 ta do‘kondan 13 tasida tadbirkorlik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar savdo bilan shug‘ullangan


Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi “Malika” savdo majmuasida joriy yil 13-noyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan nazorat tadbiri tafsilotlari turlicha talqin qilinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

Xususan, “tadbirkorlarning 80 foiz do‘konlari yopib qo‘yildi”, “endi bundan buyon tekshir-tekshir boshlandi” yoki “tovarlar hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmasdan olib qo‘yildi va ertaga qaytarilmaydi” kabi mazmundagi noto‘g‘ri fikr-mulohazalar bildirilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi bunga quyidagicha izoh bildirdi.

“Malika” savdo majmuasida jami 205 ta savdo do‘koni mavjud bo‘lib, 2018-yil 15-noyabr kuni ularning 80 foizdan ortig‘i, ya’ni barcha hujjatlarga ega, qonuniy yo‘l bilan ishlayotgan savdo do‘konlari o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettirmoqda.

Nazorat tadbirida 205 ta do‘kondan 13 tasida tadbirkorlik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar savdo bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Ularga tegishli bo‘lgan hech qanday hujjat va sifat sertifikatisiz, umumiy qiymati qariyb 308 million so‘mlik maishiy texnika vositalari, uyali aloqa telefonlari va aksessuarlar masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Nazorat tadbiri davomida hujjatsiz sotilayotgan tovarlarni vaqtincha olish yuzasidan barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. Jumladan, tovarni olish dalolatnomasi (unda aniq ro‘yxat keltirilgan), uning nusxasi huquqbuzarlarga taqdim etilgan.

Savdodan olingan tovarlar saqlash uchun maxsus do‘konlarga topshirilib, ularning butligini ta’minlash bo‘yicha aniq mas’ul shaxslarga javobgarlik yuklatildi. Ushbu huquqbuzarlar kamchiliklarni bartaraf etsa, ya’ni 1 oy muddat davomida o‘z faoliyatini qonuniy asosda yo‘lga qo‘ysa, ular uchun hech qanday jarimalar qo‘llanilmagan holda, olib qo‘yilgan tovarlari qaytarib berilishi sud orqali hal etiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyatini qonun doirasida olib borayotgan va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan tadbirkorlarga hech qanday to‘siq bo‘lmasligini, faoliyati tekshirilmasligini yana bir bor eslatib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют