» » 2019-yilgi davlat budjeti tasdiqlandi. Uning asosiy qismi ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi

2019-yilgi davlat budjeti tasdiqlandi. Uning asosiy qismi ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi


2019-yilda davlat budjetining xarajatlari 107,1 so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p bo‘lib, bunda favlat budjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi, deb xabar beradi O‘zA.

Jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 57,8 trillion so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 54,0 foizni tashkil etadi. Bunda ushbu xarajatlarning o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 34,4 foiz ko‘payadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 4,0 trillion so‘m, umumiy ta’limga 17,1 trillion so‘m yo‘naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lar 3,8 trillion so‘mni tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishga esa,12,1 trillion so‘m yo‘naltiriladi yoki avvalgi yilga nisbatan 30,5 foiz o‘sish bilan umumiy xarajatlarga nisbatan 11,3 foizni tashkil etadi.

Madaniyatni moliyalashtirish uchun 1,0 trillion so‘m, ilm-fanga 0,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensatsiya to‘lovlari uchun xarajatlar o‘tgan yildagiga nisbatan 61,8 foiz oshgan holda 5 267,2 milliard so‘mni tashkil etadi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarini amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 6,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi, bu esa, 478 ta aholi punktida turmush sharoitlari yaxshilanishini ta’minlaydi.

Davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida 2019-yilda 372 ta obyektda ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalash, 1 916,1 kilometr uzunlikdagi suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish nazarda tutilmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida markazlashgan suv ta’minotini qamrab olish 2019-yilda 77,0 foizga yetadi.

Umuman olganda, 2019-yilgi budjetnomada nazarda tutilgan daromadlarning izchil o‘sishi, soliq siyosatida joriy etilayotgan tub o‘zgarishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani ta’kidlandi.

Majlisda budjetnoma hamda uning asosiy yo‘nalishlari deputatlar tomonidan har tomonlama muhokama etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют