» » Jizzaxda hokimlik binosida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi

Jizzaxda hokimlik binosida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi


MIB Jizzax shahar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan shaharning Sayiljoyi mahallasi, Sharof Rashidov shohko‘chasida joylashgan Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalanish boshqarmasiga tegishli bino ko‘zdan kechirildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu jarayonda mazkur boshqarma rahbari F.U. bino tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasini hisoblash uskunasi ko‘rsatkichini sun’iy ravishda to‘xtatish maqsadida tok transformatorlariga kelgan uch dona simni uzib, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi oqibatida elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 122 million 845 ming so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlandi.

Mansabdor shaxs ushbu harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismidagi jinoyatni sodir etgan.

Boshqarma rahbari qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirib, 30 kunlik muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagani hamda jinoyat oqibatlarini bartaraf etganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atishlik rad etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют